Chustiy

Taom bu – nafaqat ovqat, bu — tuyg‘u, xotira va san’at.

Men — oshpazlikka oshno bo‘lgan, har bir taomni qalbdan his qilib tayyorlaydigan shaxsman. Yigirma besh yildan ortiq tajribam davomida turli oshxonalar bilan ishladim: milliy an’anaviy taomlardan tortib, zamonaviy fusion yo‘nalishlarigacha. Har bir mehmon uchun shaxsiy yondashuv va mukammal ta’m — mening ustuvor vazifamdir.

ImageOne

Bizning vazifamizBiz nafaqat mazali taomlar, balki unutilmas taassurotlar yaratamiz. Har bir buyurtma, har bir loyiha biz uchun o‘ziga xos ahamiyatga ega.

image-about

Bizning qadriyatlarimiz nima?

Sifatdan hech qachon chekinmaymiz

Har bir detalda mukammallik. Chunki sifatdan hech qachon chekinmaymiz.

Vaqt sinovidan o‘tgan

Vaqt sinovidan o‘tgan mukammallik — har bir loyihamizda aks etadi.

Barqaror rivojlanish

Doimiy o‘sish, yangilanish va mukammallikka intilish — barqaror rivojlanish yo‘limiz

Mijozlarga g‘amxo‘rlik

Biz nafaqat xizmat ko‘rsatamiz, balki har bir mijoz ehtiyojiga samimiy e’tibor beramiz.

Tarixga nazar solamiz. Oxirgi 5 yil ichida qilgan loyihalarimiz!

2021

Dubay "Ekspo-2020"da tayyorlangan 1000 kg mega palov

2021-yilda Dubayda oʻtkazilgan "Ekspo-2020" butunjahon koʻrgazmasida Oʻzbekiston kuni doirasida 1000 kilogramlik mega palov tayyorlagan

2022

Donald Lu bilan tayyorlangan palov

O‘zbekiston palovsiz taom emas: Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha vazir yordamchisi Donald Lu dunyoga mashhur oshpaz Bahriddin Chustiy bilan sevimli milliy taomni tayyorladi. Yaxshi taom va an’analarni baham ko‘rish bizni -- amerikaliklar va o‘zbekistonliklarni -- birlashtiradi!

2023

Mahalliydan globalga

2023-yilning 17-18-iyun kunlari Londondagi Potters Fields bog‘ida O‘zbekiston madaniyati va taomlari festivali 2023 bo‘lib o‘tdi, unda 2000kg osh tayyorlandi, o‘zbek madaniyati, oshxonasi va hunarmandchiligi keng auditoriyaga namoyish etildi.

2024

Uzbek Culture and Food Festival

2024-yilning 8-9-iyun kunlari Londondagi Tower Bridge ko'prigi oldida O‘zbekiston madaniyati va taomlari festivali 2024 bo‘lib o‘tdi, unda 2000kg osh tayyorlandi, o‘zbek madaniyati, oshxonasi va hunarmandchiligi keng auditoriyaga namoyish etildi.

2025

Caravan of Uzbekistan loyihasi

Turizm sohasini rivojlantirish va xalqaro sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otish maqsadida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va "Chustiy Group" kompaniyasi tomonidan 5-17 iyun kunlari Buyuk Britaniyaning 6 ta yirik shahrida "O‘zbekiston karvoni" nomli madaniy-gastronomik sayohat tashkil etildi.

2025

Yangi loyiha "Parvarda"

Bahriddin Chustiy boshchiligada Toshkentning markaziy ko'chalaridan birida, ilk bor o'zbek milliy shirinliklari qahvaxonasi ochilmoqda, va "Parvarda" deb nomlanadi!

Bizning hodimlarJamoamiz – bizning eng katta boyligimiz. Har bir muvaffaqiyat ortida sizning fidokorligingiz va mehnatingiz turibdi.

HamkorlarBiz shu kungacha ko'plab mashhur brendlar bilan birgalikda ishlaganmiz va ularga o'z xizmatlarimizni taqdim qilganmiz

Ishonch bilan aytilgan so'zlar

© 2025 Chustiy. All rights reserved worldwide

Powered by Qalam Agency